"Bugun xalqaro hayot,
kishilik taraqiyoti shunday
bosqichga kirganki, endi
unda harbiy qudrat emas,
balki intellectual salohiyat,
aql-idrok, fikr, ilg'or
texnologiyalar hal qiluvchi
axamiyat kasb etadi.
...bunga ta'lim-tarbiya
tizimini tubdan isloh qilish
bilangina erishish mumkin"
O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov
DAVLAT GERBI
"O'zbekiston
Respublikasi Davlat gerbi
to'g'risida'gi Qonun 1992
yil 2 iyulda O'zbekiston
Respublikasi Oliy
Kengashining X sessiyasida
qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasining
Davlat gerbi gullagan vodiy
uzra charaqlab turgan quyosh
tasviridan hamda so'l
tomonida bug'doy boshoqlari,
o'ng tomonida ochilgan paxta
chanoqlari suvrati
tushirilgan chambardan
iborat.
Gerbning yuqori qismida
respublika jipsligining
ramzi sifatida sakkiz
qirrali yulduz tasvirlangan:
sakkiz qirra ichida
joylashgan yarim oy va
yulduz musulmonlarning
qutlug' ramzidir.
Gerbning markazida himmat,
olijanoblik va fidoyilik
timsoli bo'lgan afsonaviy
Humo qushi qanotlarini yozib
turibdi. Ushbu ramz va
timsollar xalqimizning
tinchlik, yaxshilik,
baxt-saodat, farovonlik
yo'lidagi orzu-umidlarini
ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida
respublika Davlat bayrog'ini
ifoda etuvchi chambar
lentasining bandiga "O'zbekiston"
deb yozib qo'yilgan.
DAVLAT
BAYROG'I
"O'zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonun 1991
yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII
sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston
sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan
bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning
milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi.
1.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu
osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu -
yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat
va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati
bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo'lib,
u kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan
uyg'unlashib ketadi. Oq rang - poklik, beg'uborlik,
soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go'zallikka
intilishning timsoli.
3. Yashil rang - tabiatning yangilanish ramzi. U
ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik
timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar - vujudimizda jo'shib oqayotgan
hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy
an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda u qo'lga
kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol
sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi
12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi
yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o'n ikki
yulduzga bo'lgan e'tiborimiz O'zbekiston sarhadidagi
qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy
etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog'imizdagi 12 yulduz tasvirini o'zbek xalqi
madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o'z
tuprog'ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish
lozim.
HUSH KELIBSIZ
O'zbekiston
Respublikasi Toshkent
shahri Hamza tumanidagi
230-umumta'lim maktabining
WEB
SAHIFASIGA
DAVLAT MADHIYASI
"O'zbekiston
Respublikasi Davlat gimni to'g'risida'gi Qonun 1992 yil
10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
XI Sessiyasida qabul qilingan.
Davlat madhiyasining so'zi O'zbekiston xalq shoiri
Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor
Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing dostlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!